Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqarolar emas, hujjatlar aylanadi

Fuqarolar emas, hujjatlar aylanadi

Barcha sohalar rivojlangani sari xalqimizning davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib bormoqda.

Ko‘chmas mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli «Ko‘chmas mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan bo‘lib, ushbu qarorga asosan yuridik va jismoniy shaxslar ko‘rsatilgan huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ko‘chmas mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali murojaat etishlari mumkin.

Markazga kelib murojaat etganda markaz xodimi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga elektron tarzda yuboradi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tayyor kadastr yig‘ma jildini markazga elektron tarz qaytaradi, fuqaro tayyor kadastr yig‘ma jildini markazning o‘zidan olib ketadilar. Bu esa fuqarolarning ortiqcha vaqtlarini yo‘qotishni oldini olib, ovoragarchiliklarsiz boshqa tashkilotlarga murojaat etmagan holda birgina davlat xizmatlari markazlaridan olish imkoniyatini yaratdi.

Bundan tashqari, arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi va markaz xodimi elektron tizim orqali arizani Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadactri davlat korxonasiga yuboradi hamda qurilishi tugallangan bino inshootni qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlab, markazga elektron tarzda yuboradi. Arizachi markazdan tayyor dalolatnomani oladi va markazning o‘zida ariza bilan kadastr yig‘ma jildini yangilash uchun topshiradi.  Tayyor bo‘lgan kadastr yig‘ma jildini markazning o‘zidan olib ketadi.

Oldinlari fuqarolar bir necha tashkilotlarga o‘zlari borib murojaat qilishardi va kadastr yig‘ma jildini yana tuman kadastr filialidan borib olishardi. Bundan ko‘rinib turibdiki, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklarsiz bir joyning o‘zidan to‘liq ishlari bitishi fuqarolar uchun qulaylikdir.

Bu esa fuqarolar emas, hujjatlar aylanishining yaqqol namunasidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring