Prezident «Forish» poligonida, Bekoboddagi to‘yxonada zaharlanish, Afg‘oniston chegarasidagi jurnalistlar, Shimoliy Koreyadan yana bir tahdid va boshqa xabarlar
Bugun, 31-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyevning Jizzaxga tashrifi
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda suv inshootlari loyihalari bilan tanishdi
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Jizzax viloyatida ham foydalanilmay turgan yerlarni o‘zlashtirish hisobiga ekin maydonlarini kengaytirish va qishloq xo‘jaligidan olinadigan daromadlarni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda joriy yildan boshlab Forish tumanidagi 20 ming gektar yerni suv bilan ta’minlash imkonini beradigan kanal va suv ombori qurilishiga kirishildi.
Shavkat Mirziyoyev «Forish» tog‘-dala poligoniga tashrif buyurdi (foto)
«Forish» poligoni maydoni tekislik, murakkab tog‘ va qoyalardan iborat. Bu yerda o‘tkazilayotgan tayyorgarlik mashg‘ulotlari batalon taktik guruhlarning tog‘ va cho‘l hududlarida, favqulodda o‘zgaruvchan vaziyatlarda, har qanday ob-havo sharoitida topshiriqlarni to‘la bajarishga o‘rgatadi. Jangovar harakatlarni tashkillashtirish va taktik harakatlanish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi yakunlandi
Bu suv inshooti Jizzax viloyatida foydalanilmay turgan 20 ming gektar yerni suv bilan ta’minlash, ekin maydonlarini kengaytirish imkonini beradi. Shu atrofdagi tumanlarda hech narsa ekilmagan, kuchli yer ko‘p. Ularga eksportbop va sanoatbop ekinlar ekib, yuqori daromad olish mumkin.
Shavkat Mirziyoyevning Jizzaxga tashrifidan eksklyuziv fotogalereya
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 30-31-mart kunlari joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Jizzax viloyatida bo‘ldi.
Jamiyat
Fotoreportaj. Jurnalistlar — Payg‘ambar orolida
O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari boshqarmasi tashabbusi bilan televideniye, blogerlar, bosma ommaviy axborot vositalari va intenet nashrlari xodimlari ishtirokida tashkil etilgan media-tur davom etmoqda.
Bosh prokuratura delegatsiyasi Qirg‘iziston moliyaviy politsiyasi bilan uchrashdi
Qirg‘iz tomoni O‘zbekistonda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Bosh prokuratura huzuridagi departament faoliyati bilan batafsil tanishtirildi.
Hodisa
Bekoboddagi to‘yxonada 55 kishi ovqatdan zaharlandi
O‘tkazilayotgan davolash, profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlar, bemorlardan olingan biologik namunalarning laboratoriya tahlili natijalari, yakuniy tashxis to‘g‘risida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
Sport
Yig‘lab-yig‘lab o‘qiysiz... Chempionning og‘ir qismati
U o‘n metrli suv ostiga sho‘ng‘iydi, mutlaq qorong‘ilik ichida trolleybusning oynasini tepib sindiradi. 20 daqiqa ichida u suvga o‘ttiz martacha sho‘ng‘ib 20 kishini qutqarib qoladi. Aslida qutqarilganlar soni ancha ko‘p edi. Lekin ularning ko‘pchiligi o‘lib bo‘lgan yoki suvdan chiqarilganiga qaramay hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagandi.
Dunyoning eng boy futbolchisi Messi ham, Ronaldu ham emas! U «Lester»da o‘ynaydi (foto)
Yigitcha o‘zining boyligi haqida ko‘p ham og‘iz ochmaydi. Uning boyligini otasining boyligiga qarab bilsa bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra 2300 ta xususiy avtomashinaga ega «boy ota»ning garajida qimmatbaho «Bentli», «Ferrari» va «Rolls-Roys»lar talaygina.
Iqtisodiyot
Ekspert pul almashishi haqidagi savolga javob bermadi
Xalqimizda «Men nima deymanu, qo‘bizim nima deydi?», degan naql bor. Afsuski, ko‘plab mas’ullar, ekspertlar konkret qo‘yilgan savolga «aylanib o‘tib ketish» usulidan hamon foydalanmoqda.
Texnologiya
Shaharda hammasi «besh», qishloqda-chi?!
Bundan ko‘rinadiki, qolgan 66ta aholi yashash maskanlarida 2018 — Faol tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab quvvatlash yilida ham mobil aloqa signallari bo‘lmaydi! Demak, bu hududlarda yashovchi aholi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalana olmaydi.
Dunyo
Rossiyada yana yong‘in: bu safar Leningrad viloyatida
Rossiyaning Leningrad viloyatidagi oltingugurt omborida yong‘in sodir bo‘ldi.
Afg‘onistonda portlash: ikki harbiy halok bo‘ldi, uchtasi jarohatlandi
Afg‘onistonning Qandahor shahrida mina portlashi natijasida mamlakat qurolli kuchlari vakillarining ikki nafari halok bo‘ldi, uchtasi jarohatlandi.
Germaniyada turistik avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi
Jabrlanganlar vertolyotda kasalxonaga olib ketilgan. A3 avtoyo‘li esa barcha tomondan yopib qo‘yilgan. Jarohatlanmagan yo‘lovchilar esa yaqin atrofdagi kafega joylashtirilgan. Avtobusda jami 40 nafar turist bo‘lgan.
Shimoliy Koreya navbatdagi yadro sinoviga tayyorgarlik ko‘rmoqda
«Shimoliy Koreya bor kuchi bilan navbatdagi yadro sinovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ayni paytda u oldingi sinovlar o‘tkazilgan yerosti tunnelidan tuproqni olib chiqish bilan band», — deya uning so‘zlarini keltiradi «Kyodo» agentligi.
«Tolibon» o‘qiga uchgan qiz ona shahriga qaytdi
Malala Yusufzay ona vataniga qaytdi. Bu yigirma yashar qizning «Tolibon» tomonidan yaralangandan so‘ng ilk tashrifidir.
Tavsiya qilamiz
Mehmon soni kamaysa, to‘yxona narxi oshadimi?
Bu qaror aholi o‘rtasida ko‘plab mish-mishlarga sabab bo‘lmoqda. Kimdir endi to‘yga 150 tadan ko‘p kishi ishtirok etmas ekan deb xursand bo‘lsa, yana kimdir odam soni kamayishga kamaydi-yu, restoran qurmag‘urlarning narxi oshadigan bo‘ldi-da deb xafa. Chindan ham xafa bo‘lishga arziydigan muammo.
Ota kelin bo‘lajak qiziga karavot tanlasa...
Nega otalarimizni bunday qiynaymiz-a? O‘ylab ko‘rganmisiz hech? Nega shu xokisor, aziz otaginalarimizni qizi eri bilan yotadigan karavotni tanlashga majbur qilamiz? Otaga nisbatan haqorat emasmi bu?!
Aks-sado: predmet va fanning nima farqi bor?
Faqat maktab darsligi bilan cheklanib qolish o‘quvchilarning ushbu fanni o‘zlashtirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Istalgan mavzu bo‘yicha dars o‘tishdan oldin ushbu mavzuga oid darslik va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqilsa, mavzuni o‘qitish metodikasiga oid adabiyotlar ko‘zdan kechirilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter