Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fin ko‘rfazi sohilida O‘zbekiston fuqarosi jasadi topilgani tasdiqlandi

Fin ko‘rfazi sohilida O‘zbekiston fuqarosi jasadi topilgani tasdiqlandi

Foto: Vikipediya

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yilning 19 sentyabr kuni Fin ko‘rfazi sohilida O‘zbekiston fuqarosi G.O.ning jasadi topilgani to‘g‘risida qator OAV tarqatgan xabarni tasdiqladi.

Hozirda Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘lim sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi, Leningrad viloyati tergov organlari bilan aloqa o‘rnatdi, hamyurtimizning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring