Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fermerga 7,9 mlrd. so‘mlik kompensatsiya to‘lab berildi

Fermerga 7,9 mlrd. so‘mlik kompensatsiya to‘lab berildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan «Nihol agro» fermer xo‘jaligidan (nomi o‘zgartirilgan) murojaat kelib tushdi.

Unda tomchilab sug‘oriladigan texnologiya joriy etilgan yer maydoni  Davlat va jamoat ehtiyoji uchun olib qo‘yilgan bo‘lsada, belgilangan tartibda kompensatsiya ajratib berilmayotganligi sababli bankdan olingan kredit mablag‘larini qaytarishda muammolarga duch kelayotganligi uchun  shu masalada amaliy yordam berishni so‘ragan.

Vakil Devoni xodimlari tomonidan muammo bevosita murojaatchi, viloyat xokimligi, bank va kadastrlar palatasi mas’ullar ishtirokida taqdim etilgan hujjatlar va amaldagi qonunchilik  talablari asosida o‘rganib chiqilib,  yetti milliard to‘qqiz yuz yigirma yetti million so‘m mablag‘ kompensatsiya hisobidan fermer xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring