Farg‘onadagi tumanga yangi hokim tayinlandi

Farg‘ona viloyati Furqat tumani Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Jumanov Jahongir Sabitaliyevich tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
U bunga qadar Farg‘ona viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyat mudiri vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati, Ulug‘nor tumanida ham hokim almashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter