Farg‘onada yana ikki hokim almashdi

Bugun bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari O‘zbekiston tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Farg‘ona shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sherzod Akramovich Yo‘ldoshev O‘zbekiston tumani hokimi etib tayinlandi.
Bag‘dod tumanida ham hokim o‘zgardi.
Bugungi kunga qadar Bag‘dod tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Alibek Tursunov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga esa Farg‘ona viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Vosiljon Nazarov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Avvalroq viloyatning Quva va Yozyovon tumanlariga yangi hokimlar tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter