Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada o‘zganing uyini qalbaki hujjatlarga sotib yuborganlar ushlandi

Farg‘onada o‘zganing uyini qalbaki hujjatlarga sotib yuborganlar ushlandi

Farg‘ona shahrida o‘zganing xonadonini qalbaki hujjatlar asosida 20 800 AQSh dollariga sotgan firibgarlar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqaro V.K. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.N.ga boshqa bir fuqaro N.T.ga tegishli Yangi Asr ko‘chasidagi xonadonni go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, unga qalbaki hujjatlarni taqdim qilib, uyni 20 800 AQSh dollariga sotganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring