Farg‘onada elektr tarmog‘ida uzilishlar bo‘lmoqda: rasmiy izoh
Farg‘onada minglab foydalanuvchilar elektrsiz qoldi. Energetika vazirligi vaziyat yuzasidan axborot berdi.
Bugun, soat 18:38 da Farg‘ona viloyatidagi 110 kV “L-Chilmahram” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Beshariq va Furqat tumanlari iste’molchilari qisman (5 mingta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Unga qadar o‘chiq turgan iste’molchilarni boshqa manbalar orqali elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilyapti.
"Qisqa vaqt ichida ushbu hudud iste’molchilarining elektr ta’minoti qayta tiklanadi" deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter