Farg‘ona viloyati hokimiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlab kelgan Ergashev Iqboljon Odiljonovich Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Iqboljon Ergashev 1981-yil 26-mayda Quva tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Farg‘ona davlat universitetini hamda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
2002-2010-yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi viloyat boshqarmasida, 2010-2016-yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter