Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona hokimi masalasi Senatda ko‘rilishi kutilmoqda

Farg‘ona hokimi masalasi Senatda ko‘rilishi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Kuni kecha ijtimoiy tarmoq va OAVlarda Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyevning yana bir videoselektorining audiosi tarqaldi. 

Selektorda diniy e’tiqod, terrorizm bilan bog‘liq mavzu ko‘tarilgan. 

Audiodan ma’lum bo‘lishicha, G‘aniyev Farg‘ona hokimlarini soqol va ro‘mol masalasida qattiq tergagan va hatto «bir ro‘molli jurnalistni quvib solgani»ni aytib maqtangan. 

«Xabar.uz» manbasiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati hokimi masalasi bugun bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Senatining yig‘ilishida ko‘tariladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘aniyevning viloyat MIB rahbarlari ishtirokida o‘tkazgan majlisi va 52 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istonda halok bo‘lganda butun boshli tumanni haqorat qilgani audiosi ham katta muhokamalarga sabab bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring