Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FAO O‘zbekistonda qoramol chechak virusi diagnostikasi bo‘yicha ilg‘or tajribalarni joriy etmoqda

FAO O‘zbekistonda qoramol chechak virusi diagnostikasi bo‘yicha ilg‘or tajribalarni joriy etmoqda

Nodulyar dermatit – bu hasharotlar tomonidan tashiladigan yirik shoxli qoramollar chechak virusi. Bu kasallik inson salomatligi uchun xavf tug‘dirmaydi, lekin sut mahsuldorligi va hayvonlar tana vaznining pasayishi tufayli chorvachilikka katta iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin. Ilgari kasallik faqat Afrikada topilgan, ammo so‘nggi o‘n yil ichida u butun Yaqin Sharqqa tarqaldi, shuningdek, Turkiya, Bolqon, Kavkaz, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonga ta’sir ko‘rsatdi. Bularning barchasi qo‘shni mamlakatlarda, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida ham kasallik xavfini sezilarli darajada oshirdi. Masalan, kasallik holatlari qayd etilgan Qozog‘iston bilan chegaradosh Qirg‘iziston va O‘zbekiston allaqachon profilaktika choralarini ko‘rishga kirishgan.

Shu bois yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi bilan birgalikda Toshkentda nodulyar dermatitning laboratoriya diagnostikasi bo‘yicha treninglar o‘tkazdi. Xalqaro ekspert Igor Djadjovskiy tomonidan veterinariya diagnostika laboratoriyalari xodimlari uchun treninglar FAOning «Markaziy Osiyoda qoramollarning nodulyar dermatitiga mintaqaviy tayyorgarlikni kuchaytirish» loyihasi doirasida tashkil etildi.

Sababi FAO mamlakatlarga nodulyar dermatit va boshqa transchegaraviy hayvon kasalliklariga qarshi kurashishda yordam berish bo‘yicha katta tajribaga ega. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi, daromadi bevosita chorvachilikka bog‘liq bo‘lgan mayda fermerlardagi zararlarning oldini olish imkonini beradi.

Toshkentda o‘tkazilgan besh kunlik mashg‘ulotlar nazariy qism va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan. Olingan bilim va ko‘nikmalar mahalliy mutaxassislarga yuqori aniqlikni kafolatlaydigan ilg‘or usullar asosida hayvonlar kasalliklarini ancha tez va samarali tashxislashda asqotadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring