Fanlar akademiyasi tizimida yangi institut tashkil etildi
Hukumat qarori bilan Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq instituti tashkil etildi.
Qarorga ko‘ra, Davlat va huquq instituti (Institut) davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
Jamiyat va davlat qurilishi, sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarga maslahat va ekspert yordamini tashkil qilish Institutning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlari uchun tatbiq etilgan mehnatga haq to‘lash tizimi joriy etiladi.
Institut noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanishi va o‘zining matbaa organini («Davlat va huquq» jurnali) tashkil qilishi mumkin.
Shuningdek, qaror bilan Institut tuzilmasi tasdiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter