Yetti hudud aholisi jiddiy ogohlantirildi
2022-yil 17-24-mart kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
Samarqand viloyati: Qo‘shrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung‘ur tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumani va Chotqol tizmasining «Chimyon» tog‘larida;
Namangan viloyati: Pop tumani va «Qamchiq» dovoni hududida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda mazkur yo‘nalishda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter