Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasi chaqiriladi

Ertaga xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasi chaqiriladi

Foto: «samarkand.uz»

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining ellik beshinchi sessiyasi 2018-yil 24-avgust kuni soat 7:30 da viloyat hokimligining majlislar zalida chaqirish to‘g‘risida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimovning qarori e’lon qilindi. 

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

  • Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashida bo‘shab qolgan o‘ringa 2018-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan saylov natijalari to‘g‘risida viloyat saylov komissiyasining axboroti va saylangan deputatning vakolatini tasdiqlash;
  • Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashidagi O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi deputatlik guruhi tarkibiga o‘zgartirish kiritish;
  • Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishi, uning o‘z vaqtida va yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati;
  • Sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli;
  • Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiya tuzish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-noyabrdagi «Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining ijrosi.

Shuningdek, kengash sessiyasida tashkiliy masala ham ko‘riladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring