Ertaga harorat pasayadi, qor yog‘adi
«O‘zgidromet» ertaga, 14 mart kuni kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+2 daraja, kunduzi +3...+5 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7 daraja, kunduzi -1...-6 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter