«Ertadan havo harorati pasayadi» — O‘zgidoromet
Ertaga O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 17-22 darajagacha pasayadi.
1 noyabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik to‘xtaydi va bunday quruq ob-havo hafta oxirigacha saqlanib turadi. 1-2 noyabr kunlari kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqgacha pasayadi, kunduzi 1-2 noyabrda 17-22 daraja bo‘ladi, 3 noyabrda harorat biroz ko‘tariladi va 19-24 darajani tashkil etadi.
Poytaxtimizda 31 oktyabrda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-19 darajagacha pasayadi.
1-2 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari 5-8 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter