O‘zbekiston va Eron temiryo‘l orqali hamkorlikni kuchaytiradi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatida Eron Islom Respublikasi temir yo‘l tizimi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Keyingi yillarda Eron Islom Respublikasida mamlakatimiz paxtasi va to‘qimachilik mahsulotlariga bo‘lgan talab ortgan. Uchrashuvda ushbu masalaga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, Erondan neft mahsulotlarini olib kelish va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan oltingugurtni yetkazib berish borasida ham takliflar bildirildi.
Unda ikki davlat temir yo‘l sohasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, manfaatli aloqalarni rivojlantirish borasida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, tranzit yuklarni tashishda qulayliklar yaratish, bu borada yangi yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish, konteyner vagonlari orqali import va eksport xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha fikr yuritildi.
Eron delegatsiyasi rahbari Axmadiy Babakning aytishicha, O‘zbekiston Sharqiy Osiyo, ya’ni Xitoy davlati bilan tashuvlarni amalga oshirishda eng muhim va qisqa tranzit hudud hisoblanadi. Endilikda ushbu yo‘nalish bo‘yicha konteynerlar orqali tashuvlar xajmini oshirishni rejalashtirgan. Joriy yilda Xitoydan 50 ming tonna yuk olib kelish belgilangan. Bu borada Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlari bilan ham muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv so‘nggida muhokama etilgan masalalar yuzasidan yig‘ilish bayonnomasi imzolandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter