Erkin Rustamov hokim lavozimiga tayinlandi
Rustamov Erkin Erkamovich Zangiota tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, boshqa bir sobiq vazir o‘rinbosari Sultonov Dilshod Shuxratovich Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, 2-avgustda Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha videoselektorda qator hokimlar ishdan olingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter