Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erkaklar va ayollarda insult rivojlanishiga sabab nimada?

Erkaklar va ayollarda insult rivojlanishiga sabab nimada?

Foto: «Newbur.ru»

Mordoviya davlat milliy tadqiqot universiteti olimlari erkaklar va ayollarda insult rivojlanishi xavfini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashdi. Bu haqda «RT» xabar berdi.

Aniqlanishicha, erkaklarda ishemik insult rivojlanishi xavfini tug‘diruvchi omillarga ateroskleroz (arteriyalarning surunkali kasalligi), chekish, alkogolizm, metabolik sindrom (organizm faoliyatidagi semirishga olib keluvchi kompleks buzilishlar) va kam harakatlilik kiradi.

Ayollarda insult rivojlanishiga eng ko‘p qandli diabet, hilpirovchi aritmiya, semizlik va dislipidemiya (qonda lipidlarning yuqori darajasi) ta’sir ko‘rsatishi aytilgan.

Gipertoniya (yuqori qon bosimi) har ikki jins vakillari uchun bir xil xavf tug‘dirishi ushbu tadqiqotda qayd etib o‘tilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring