O‘zbekistonga kelayotgan Erdog‘an, Oqto‘bada YTH, yolg‘onchi telekanallar, dollar kursi, «Telegram» kamchiligi, sobiq bosh prokurorlar, sichqon quvdi va boshqa xabarlar
Bugun, 26-fevral kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi sanasi ma’lum bo‘ldi
Tashrif chog‘ida O‘zbekiston Prezidentiga Tojikiston milliy universitetining fan doktori faxriy unvoni berilishi kutilmoqda. Shuningdek, turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilib, bir qator hujjatlar imzolanadi.
Qaysi davlatlarda sobiq Bosh prokurorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan?
Aytishlaricha, Amanmurat Xolliyev 2017-yilning 4-may kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida namoyishkorona ishdan bo‘shatilgan. Yig‘ilishdan bir necha kun o‘tgach esa qo‘lgan olingan va uy qamog‘iga mahkum qilingan.
Turkiya Prezidenti O‘zbekistonga keladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anni tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutlab, uning O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi qardoshlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan katta e’tibori va sa’y-harakatlarini hamda qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.
Turizm
O‘zbekistonning alohida davlatlar bilan viza tartibi tasdiqlandi
Vizasiz tartib yuqoridagi davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi yo‘q shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga kelgan sayyohlar soni ikki barobarga ko‘paydi
Bu yil yanvar-fevral oylarida ham majmuamizga keluvchilar oqimi kamaygani yo‘q. Buni raqamlarda ifodalaydigan bo‘lsak, o‘tgan yil yanvar oyida 43 ming 700 dan ortiq mehmon, jumladan, 125 nafar chet ellik buyuk muhaddis bobomiz maqbarasini ziyorat qilgan edi.
Jamiyat
General-mayor Ismoil Ergashev 73 yoshida vafot etdi
Dafn marosimida marhumning qarindoshlari va yaqinlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faxriylari, harbiylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Yana Oqto‘ba! O‘zbekistonlik fuqarolar YTHga uchradi (video)
«Mercedes» avtobusining 35 yoshli haydovchisi Xromtau yo‘nalishida Oqtoo‘ba tomonga harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan», deydi politsiya. Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi jinoyat kodeksining 345-moddasi 2-qismiga muvofiq tergov ishlari boshlandi.
Ko‘rilgan choralar natijasida Z.Mamasharipov qo‘lga olingan.
Ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash mexanizmi soddalashtirildi
Budjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash mexanizmi soddalashtirildi.
Qorovulbozor tumanida yangi hokim, Jondor hokimi ishdan olindi
Xalq deputatlarining Qorovulbozor va Jondor tuman kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Ularda tashkiliy masala ko‘rildi.
Navro‘z bayramida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi
Majlisda ishtirok etgan muxbirimizning xabar berishicha, bayramni yuqori savida o‘tkazish uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilishi qayd etilgan.
Navro‘z bayrami O‘zbekiston bo‘ylab 204 joyda o‘tkaziladi
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, yurtimiz bo‘ylab jami 204 joyda Navro‘z bayrami o‘tkazilsa, shularning 21 tasi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Madaniyat
Telekanallar xalqni aldashda davom etmoqdami?
Jurnalistning aytishicha, dehmon Rossiyada ishlab topilgan pul evaziga olingan «Neksiya»ni ko‘rsatib, «kartoshka hosilidan shuni oldik», deb aytgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda dollar kursi sezilarli darajada pasaydi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 27-fevraldan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Texnologiya
Neyroxirurgiyada muhim yangilik!
Qurilma naychasimon korpusga ega bo‘lib, uning ishchi uchida burchak ostida charxlangan milk ko‘rinishidagi kesuvchi qism bajarilgan, qurilma tarkibiga, shuningdek, dastak va yo‘naltirgich bilan ta’minlangan hamda ichki diametri butun uzunligi bo‘ylab bir xil bo‘lgan o‘q bo‘shlig‘i kiradi.
«Matritsa» filmidagi afsonaviy telefon qayta «jonlantirildi» (foto)
«Nokia» kompaniyasi o‘zining eski brendini yana qayta dunyoga keltirdi — bu afsonaviy «Nokia 8810» telefoni modelining yangilangan variantidir.
«Telegram»ning o‘nta asosiy kamchiligini bilasizmi?
Ideal ilova bo‘lish uchun «Telegram»ga bundan boshqa yangiliklarni ham qo‘shish kerakdir, ammo quyidagi o‘ntasi, fikrimizcha, ayni kunda eng muhimlaridandir.
Sport
Gvardiolaning «Siti»dagi ilk sovrini. Angliya liga kubogi finalida «Arsenal» mag‘lub etildi (video)
«Shaharliklar» safida Aguero, Kompani va Silva bittadan gol urib, jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi. Ushbu sovrin «Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun birinchisi hisoblanadi.
Ravshan Ermatov superliga 1-turida markaziy o‘yinni boshqaradi
O‘zPFL rasmiy saytida birinchi tur o‘yinlariga tayinlangan hakamlar e’lon qilindi. Taniqli FIFA referisi Ravshan Ermatov «Neftchi» va «Nasaf» uchrashuvini boshqaradi.
Neymar jarohat oldi. U «Real»ga qarshi o‘ynay oladimi?
Dastlabki ko‘rik xulosalariga ko‘ra, uning paylari cho‘zilgan. Aniqroq tashxis tibbiy ko‘rikdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Dunyo
Britaniyaning Lester shahrida kuchli portlash sodir bo‘ldi (video)
Shaharning Karlaysl-strit ko‘chasi hamda Xinkli-roudning bir qismi yopib qo‘yilgan. Hozircha qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q!
Infografika
Infografika. Antibiotiklar nimasi bilan xavfli?
Hozirda dunyoda million xil antibiotiklar sotilmoqda. Bu esa yangi muammoga olib keldi. Ya’ni endilikda dori vositalariga chidamlilik darajasi nihoyatda oshdi. Shu bois, antibiotiklar haqida nafaqat shifokorlar, balki har birimiz bilishimiz muhim bo‘lgan ma’lumotlar mavjud. Marhamat, ular bilan tanishing.
Tavsiya qilamiz
Superaqllilar o‘yini: «Sichqon quvdi»
Diqqat savol: bu shaharning qadimiy nomlari Choch, Shosh. Andijonliklar bu shaharni Tashken, qo‘qonliklar Toshkon, samarqandliklar va buxoroliklar Toshkand deb atashadi. Mahalliy aholi Toshkan deydigan, ruscha nomi Tashkent bo‘lgan O‘zbekiston poytaxtining nomi nima?
O‘zbekcha gapirgan tilim qursin!
Shahar markazi esa «Leninski». Lenin ko‘chasi allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan, ammo shu atrofni hamma shunday ataydi.
Jurnalist Komiljon Shamsiddinov «Artel»dan shikoyat qildi
Kompaniyaning bu taxlit «otangga bor, onangga bor» tarzidagi xurmacha qiliqlarini qandoq talqin qilishga hayronsan. Har qanday o‘zini hurmat qilgan firma – mahsuloti ko‘proq sotilishidan manfaatdor emasmi aslida? Va yoki qaysi esini bilgan kompaniya – o‘z mahsulotining ehtiyot qismi narxini – butun boshli mahsulot narxiga tenglashtirib qo‘yarkan?
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter