Yer yuziga to‘rt chavandoz xavf solmoqda
BMT bosh kotibi ayni vaqtda dunyoga «to‘rtta chavandoz» xavf solayotganini ma’lum qildi. Bu haqda «Sputnik radiosi» xabar bergan.
«Oramizda «to‘rt chavandoz»ni ko‘ryapman – bu to‘rtta xavf-xatar XXI asr taraqqiyoti va XXI asr imkoniyatlariga tahdid solmoqda», ‒ deydi Antoniu Guterresh BMT Bosh Assambleyasida xalqaro tashkilotning o‘tgan yildagi faoliyat yakunlari va 2020-yilgi rejalari haqida nutq so‘zlarkan.
Birinchi «chavandoz» — «yuqori geostrategik keskinlik»dir. Guterreshning so‘zlariga ko‘ra, ziddiyatlar keng ko‘lamli insoniy azob-uqubatlarga olib keladi, yadroviy tahdid o‘sib bormoqda.
Ikkinchi «chavandoz» — iqlim inqirozidir. Bosh kotib sayyoramizda o‘rtacha atmosfera harorati ko‘tarilishda davom etayotganini, millionlab hayvon va o‘simliklar turi yo‘qolib ketish xavfi ostida qolayotganini yodga soldi.
Uchinchi «chavandoz» — «o‘sib borayotgan global ishonchsizlik»dir. Guterreshning ta’kidlashicha, Yer yuzida siyosiy idoralarga bo‘lgan ishonch pasayib bormoqda, aholining uchdan ikki qismi notenglik avj olayotgan mamlakatlarda istiqomat qiladi.
To‘rtinchi «chavandoz» — «raqamli dunyoning qora tomoni»dir. BMT Bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, yangi texnologiyalar jinoyatchilik, nafrat uyg‘otish, yolg‘on ma’lumotni tarqatishda foydalanilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter