Yengil yomg‘irdan so‘ng. Sergelidagi uylarni ko‘ring

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlardan birida Toshkentning Sergeli tumanida bunyod etilgan yangi ko‘p qavatli uylarning 11-mart kuni yoqqan yomg‘irdan keyingi ahvoli tasvirlangan surati paydo bo‘ldi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.
Suratdan ko‘rish mumkinki, yangi qurilgan ko‘p qavatli turar-joy binosining maydoni to‘liq suv ostida qolgan. Internet foydalanuvchilari bu kabi holatdan ranjib, surat ostida turli izohlarni qoldirgan.
«Quruvchilar loyihamizga ko‘ra hovlida basseyn qurishni rejalashtirgandik, deya ushbu vaziyatdan ham chiqib ketishning yo‘lini topadi», — deb yozadi internet foydalanuvchilaridan biri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter