Eng keksa ayol uzoq umr ko‘rish bo‘yicha rekord o‘rnatdi (foto)
Sayyoramizning eng keksa fuqarosi, yaponiyalik Kane Tanaka 18 sentyabr, juma kuni uzoq umr ko‘rish bo‘yicha rekord o‘rnatdi – 117 yil va 260 kun, deb xabar berdi «NHK» telekanali.
Tanaka ushbu unvonga ikki yil oldin vafot etgan Nabi Tadzimadan so‘ng erishdi.
Kane Tanaka 1903-yil 2-yanvar kuni dunyoga kelgan. U sayyoramizning eng keksa fuqarosi sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.
Bugungi kunda Yaponiyada 100 yoshdan oshgan qariyb 80 ming nafar fuqaro istiqomat qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter