Energetika vaziriga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi

Baxtiyor Mamatkarimov.
Azim Axmedxadjayev energetika vazirining birinchi o‘rinbosari — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Axmedxadjayev energetika vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida atom energetikasiga ham javob beradi.
U 2021-yildan buyon Energetika vaziriga birinchi o‘rinbosar edi.

Agentlikning avvalgi direktori Baxram Mansurov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Baxtiyor Mamatkarimov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, Azizxo‘ja Qobilov energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Baxtiyor Mamatkarimov tayinlovga qadar u «O‘ztransgaz» AJ boshqaruvi raisining moliya va marketing bo‘yicha o‘rinbosari, Andijon tumani hokimi va boshqa lavozimlarda ishlagan. Azizxo‘ja Qobilov esa 2023-yil yanvardan buyon Tog‘-kon va geologiya vaziri o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter