Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energetika vazirligi huzurida yangi jamg‘arma ochildi

Energetika vazirligi huzurida yangi jamg‘arma ochildi

Foto: Xabar.uz

Hukumat qarori (640-son, 09.10.2020-y.) bilan Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasining asosiy maqsadi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda hamda aholi xonadonlarida energiya samaradorligi loyihalarini amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirish hisoblanadi.

Jamg‘arma mablag‘laridan, jumladan, binolar va ko‘p kvartirali uylarning energiya samaradorligini oshirish, issiqlik himoyasini yaxshilash bo‘yicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlashni moliyalashtirish, shuningdek energiya auditini o‘tkazish uchun foydalaniladi.

Jamg‘arma Direksiyasining ijrochi direktori Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi.

Nizomga ko‘ra, loyiha tashabbuskori Jamg‘armadan moliyaviy mablag‘ jalb etish uchun onlayn Direksiyaga (energoservis saytiga) buyurtma to‘ldirish orqali murojaat qiladi.

Buyurtma ekspert guruhi tomonidan 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Ekspert guruhi tomonidan moliyaviy mablag‘ ajratish to‘g‘risida xulosa berilgan loyihalar bo‘yicha Direksiya tomonidan bir hafta muddatda taklif tayyorlanib, kuzatuv kengashiga qaror qabul qilish uchun kiritiladi.

Direksiya Kuzatuv kengashi tomonidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan keyin bir kun muddatda energoservis sayti orqali onlayn tarzda qarz oluvchiga ma’lumot beradi.

Jamg‘armadan mablag‘ ajratilishi Jamg‘arma va qarz oluvchi o‘rtasida shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring