Endi uchastka uy qurish va ta’mirlash uchun ham subsidiya beriladi
O‘zbekistonda endilikda subsidiyalar yakka tartibdagi uy-joy, ya’ni uchastka uylar qurish va ta’mirlash uchun olingan kreditlarga ham beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev sohaga bag‘ishlangan videoselektor davomida ta’kidlab o‘tdi.
«Ya’ni, uy-joy hovlisini kengaytirish, eski uyini buzib, 2 qavatli qilish orqali zamonaviy qiyofaga keltirish istagida bo‘lgan fuqarolarimizga kreditning 10 foizdan yuqori qismiga subsidiya beriladi», — dedi davlat rahbari.
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, endilikda ipoteka kreditini olishda qarindosh bo‘lmagan fuqarolarning kafil bo‘lishiga ruxsat beriladi.
«Bugungi kunda faqat yaqin qarindoshlar kafil bo‘la oladi. Agar qarindosh bo‘lmagan fuqarolarning kafil bo‘lishiga ruxsat berilsa, menimcha, bu ham adolatdan bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter