Endi «Tez yordam»ning «benzin yo‘q», «garaj yopiq» degan bahonalari o‘tmaydi

Ayni daqiqalarda Prezidentning Davlat maslahatchisi Rustam Qosimov jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazilyapti. Ushbu brifingda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining muxbiri ham ishtirok etmoqda.
Davlat maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, 2017-yilda «Tez tibbiy yordam» uchun 1269 ta avtotransport vositasi sotib olindi, biroq hali bu yetarli emas. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni samarali yo‘lga qo‘yish uchun respublika bo‘ylab 103 raqami bilan «Call» markazlari tashkil etiladi. Ilgari bu markazlarda oddiy aloqachilar o‘tirgan bo‘lsa, endi vrachlar ratsiya yordamida bevosita xizmat ko‘rsatadi.
Endi «benzin yo‘q», «garaj yopiq edi» kabi bahonalar o‘tmaydi. Sababi «Tez yordam» xizmati ta’minotiga shaxsan hokim javobgar bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter