Endi mahkumlarga ham pensiya beriladi
![Endi mahkumlarga ham pensiya beriladi](https://static.xabaruz.com/crop/3/5/720_460_95_3517549000.jpg)
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlanadi. Senat 21-yalpi majlisida senatorlar shu haqdagi qonunni ma’qullaganlar.
Buning uchun mahkumlar manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga ariza berishi kerak.
Bunday shaxslarga pensiya to‘lovi manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazish orqali to‘lanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter