Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi har oy o‘tkaziladi

Endi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi har oy o‘tkaziladi

Foto: Xabar.uz

Endilikda har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi.

Hukumat topshirig‘iga binoan, 2024-yil mart oyidan boshlab har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni (agar bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, payshanba kuni) Toshkent shahrida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan «Avtomobilsiz kun» deb e’lon qilindi.

«Avtomobilsiz kun» jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas’ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko‘rsatib borishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkazildi. 

Aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shaharlarda avtomobillar harakatini kamaytirish va jamoat transportini rivojlantirishdan iborat.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 21-fevraldagi farmoni bilan keng jamoatchilik vakillari va ekologiya faollari takliflari asosida har oyda bir marta Toshkent shahrida «Avtomobilsiz kun» jamoat loyihasini amalga oshirish belgilangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring