Kamtar Emomali Rahmon: «Peshvoi millat» o‘qigan maktab qay ahvolda?
O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi tashabbus bilan Tojikistonga sayohat uyushtirilgani haqida xabar bergandik.
Ushbu tashrif davomida jurnalistlar Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tavallud topgan joy — Xatlon viloyatining Dang‘ara shahrida bo‘lishdi.
Ushbu hududda joylashgan birinchi raqamli gimnaziya «Peshvoi millat» o‘qigan maktab sanaladi. Maktabda davlat rahbarining umr yo‘liga bag‘ishlangan muzey ham mavjud. Undan juda qiziq hujjatlar o‘rin olgan: Emomali Rahmon maktabda qanday bahoga o‘qigan, sinfdoshlari kim, o‘qituvchilari, maktabdan keyingi faoliyati, harbiy xizmat va siyosiy faoliyatiga oid hujjatlar ham bor.
Jumladan, quyidagi rasmda Emomali Rahmon sinf oynasi uchun rasmi tasvirlangan: bo‘lajak prezident albatta birinchi o‘rinda emas, hatto o‘rtada emas, eng quyi qatordan o‘rin olgan.
Maktab-muzeydan Emomali Rahmonning harbiy xizmatdagi faoliyatiga oid ma’lumotlar ham o‘rin olgan. Ma’lumki, bo‘lajak rahbar 1971-1974-yillarda Primore o‘lkasidagi Tinch okeani flotida xizmat qilgan, katta matros darajasiga erishgan.
Emomali Rahmon Tojikistonda yuz bergan fuqarolik urushi(1992-1997)da ham hal qiluvchi figuralardan bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter