Ellikdan ziyod mahkumga insonparvarlik dalolatnomasi qo‘llanildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili «ishonch telefoni»ga Toshkent viloyatidagi 28-,43-va 50-sonli manzil-koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan 25 hamda Samarqand viloyatidagi 38-sonli manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 8 nafar mahkumning murojaatlari kelib tushgan edi.
Ushbu murojaatlarda, mahkumlar ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning belgilangan qismi o‘talgan bo‘lishiga qaramay, ularga nisbatan insonparvarlik dalolatnomasi qo‘llanilmayotgani bayon qilingan», — deb xabar beradi ombudsman.
Shundan so‘ng murojaatlar Ombudsman tomonidan o‘rganilib, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudga ushbu holatni bartaraf etish yuzasidan so‘rov xati kiritiladi va ijrosi nazoratga olinadi.
Natijada, Jinoyat ishlari bo‘yicha tegishli sudlarning ajrimi bilan 48 nafar mahkumga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo axloq tuzatish ishlariga, 3 nafar mahkumga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli ravishda ozod etishga va 2 nafar mahkumga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan. Qolgan 8 nafar mahkumning intizomiy jazosi mavjud bo‘lganligi sababli insonparvarlik dalolatnomasi qo‘llanilishi rad etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73, 74, 89-moddalarida jazoni o‘tashda muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki yengilrog‘i bilan almashtirish tartibi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Ombudsmanga manzil koloniyalarda va majburiy davolash muassasalarida saqlanayotgan shaxslar, ularning yaqin qarindoshlari, «10-96» qisqa raqamli «Ishonch telefoni», «Ombudsman qutilari» [email protected] elektron pochtasi orqali murojaat qilishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter