Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron raqamli imzoning majburiy tartibda bo‘lish sharti bekor qilinadi

Elektron raqamli imzoning majburiy tartibda bo‘lish sharti bekor qilinadi

Foto:«Kommersant.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Ushbu qaror loyihasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkoniyatini tubdan oshirish, shuningdek innovatsion yechimlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qaror bilan davlat xizmatidan foydalanishda yuridik va jismoniy shaxslarda Elektron raqamli imzoning majburiy tartibda bo‘lish sharti bekor qilinmoqda. Endilikda ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Qaror loyihasi bilan ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlariga boshqa mazmundagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qaror loyihasining to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring