Elektrga to‘langan pul hisobga ikki baravar bo‘lib tushdi. Holatga rasmiy izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi uchun to‘lovlarda hisobga ikki barobar pul tushayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Holatga «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ izoh berdi.
«Ayni paytda to‘lov tizimlari bilan bog‘liq texnik nosozlik kuzatilganligi sabab, to‘lov amalga oshirilganda iste’molchi balansida to‘lov qoldig‘i ko‘proq ko‘rsatilishi kuzatilmoqda. Ayni paytda billing tizimi orqali elektr energiyasi uchun to‘lovlar xatoliksiz qabul qilinmoqda hamda balans qoldiqlari to‘g‘ri shakllantirilmoqda.
Tez fursatlarda nosozliklar bartaraf etilishini ma’lum qilamiz.
Iste’molchilardan elektr energiyasi hisobi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning rasmiy veb-saytidaga «Shaxsiy kabinet» orqali olishlarini tavsiya qilamiz», deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter