Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektr va gaz narxi 1-iyuldan oshmasligi ma’lum qilindi

Elektr va gaz narxi 1-iyuldan oshmasligi ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

2022-yil 1-iyuldan elektr va gaz tariflariga o‘zgartirishlar kiritilmasligi ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, hozirda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida fuqarolardan mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, ayni paytda Energetika, Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, tahlil qilinmoqda.

Qabul qilingan takliflar bo‘yicha barcha xulosalar va mutaxassislarning xulosalari taqdim etilgandan so‘ng, ushbu masala bo‘yicha yakuniy va tegishli qaror qabul qilinadi.

Qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, tariflarning o‘zgarishi hukumat qarori qabul qilingan kundan boshlab 15 kundan keyin kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring