ekolog.uz ekovolontyorlari nihollarning keyingi taqdirini nazorat qiladi
Kuni kecha ekolog.uz sayti Lukoyl kompaniyasining moliyaviy ko‘magida Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida manzarali daraxt ekish aksiyasini o‘tkazdi. Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo va Buxoro viloyat boshqarmalari, Obodonlashtirish boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo va Buxoro viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu tashabbus doirasida 5 turdagi 1100 dona ayland, yapon saforasi, pavloniya, amorfa, gujum, akatsiya, chinor kabi daraxt ko‘chatlari ekildi.
— Aksiya Qarshi shahrining markazi, Sohil bo‘yi xiyoboni, Buxoroda esa Amir Temur mahallasida amalga oshirilib, yoshlar, ekoinspektorlar, ekolog.uz volonterlari, Obodonlashtirish ishchilari, nuroniylar, Lukoyl kompaniyasining xodimlari qatnashdi,— deb xabar beradi ekofaol Nargis Qosimova. — Ko‘chatlarni tanlashda dastlab ularning xususiyatlarini o‘rgandik. Ularning aksariyati suvsizlikka chidamli, hudud iqlimiga mos. Ekilgan nihollarning keyingi taqdiri ekovolontyorlar, Tabiat resurslari vazirligi viloyat boshqarmalari, O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan nazorat qilinib, sug‘orish ishlari ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter