Ekologik partiyaga yangi rais saylandi
Narzullo Oblomuradov O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.
Narzullo Oblomuradov bunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar bu lavozimni Komiljon Tojiboyev egallab kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter