Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX yirik partiyadagi kontrafakt mahsulotlarni qo‘lga oldi

DXX yirik partiyadagi kontrafakt mahsulotlarni qo‘lga oldi

Foto: DXX Chegara qo‘shinlari

DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari davlat chegarasidan noqonuniy tarzda olib o‘tishga urinilgan kontrafakt mahsulotlarning yirik partiyasini qo‘lga olishdi.

DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari 2019-yilning 30-dekabr kuni Farg‘ona viloyatida umumiy qiymati 430 mln. so‘mga teng bo‘lgan biologik aktiv qo‘shilmalarning yirik partiyasini mamlakatimizga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelishining oldini olishdi.

Shuningdek, 29-dekabr kuni Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyati chegaroldi hududlarida 150 mln. so‘mga teng bo‘lgan pirotexnika vositalarini Davlat chegaralaridan noqonuniy yo‘llar bilan olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. Shu kunning o‘zida mamlakatimiz hududidan noqonuniy tarzda olib chiqib ketishga urinilgan 20 ming AQSh dollari miqdordagi pul mablag‘i aniqlandi. 

Bundan tashqari Andijon viloyatining chegaraoldi hududida umumiy qiymati 580 million so‘mga teng bo‘lgan turli xildagi sifati shubhali dori mahsulotlari qo‘lga olindi. Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring