DXX: «Islom Davlati» terroristik tashkiloti a’zosi ushlandi

1969 yil Xiva shahrida tug‘ilgan fuqaro «D.U.» o‘g‘li — 1994 y.t. «D.X.» bilan birgalikda 2009-2015 yillarda Rossiya Federatsiyasida mehnat migranti sifatida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolarining ta’siriga tushib qoladi.
Natijada, 2015 yilning sentyabr oyida ota-bola o‘zlarining shaxsini oshkor qilmaslik maqsadida Tojikiston Respublikasining soxta pasportini rasmiylashtirib, Turkiya orqali Suriya davlatiga borishadi hamda «Islom Davlati» xalqaro terroristik tashkiloti a’zolari safiga qo‘shilib, jangovor harakatlarda ishtirok etishadi.
Keyinroq «D.U.» Suriyadan MDH davlatlaridan biriga qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish maqsadida qaytib keladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining xorijiy hamkorlar bilan birgalikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida «D.U.» ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.
Ta’kidlash lozimki, qo‘lga olish vaqtida «D.U.» faol qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa, keyingi jarayonlarda u o‘zining «jihod» qilish borasidagi qarashlaridan voz kechmaganligini bildirgan.
Hozirda «D.U.»ga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, «D.U.»ning o‘g‘liga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter