DXX gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘ini qo‘lga oldi
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan poraxo‘rlikka qarshi kurashish yo‘nalishidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda «Oqdaryotumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i, 1973 yilda tug‘ilgan N.M.(ism-familiya shartli) mahalliy fuqaroning yashash xonadoniga elektron gaz hisoblagich o‘rnatish va uni tarmoqqa ulab berish xizmati evaziga undan 4 million so‘m pul talab qilib, dastlab 2 million so‘mini pora» sifatida olgan hamda yana 1 million so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozir N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter