DXX Buxoroda 8 ming dona «tramadol» olib ketayotgan fuqaroni qo‘lga oldi
Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Laziz Mirjalolov (ismi sharifi o‘zgartirilgan) «Lacetti» avtomashinasida «Sarmijon» nazorat postida to‘xtatilgan. Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning orqa o‘rindiklari ostida 2 dona qora selofan paketga o‘ralgan, 808 kassettadagi jami soni 8080 dona bo‘lgan «tramadol» giyohvandlik tabletkalari borligi aniqlangan.
Laziz Mirjalolov bu giyohvandlik moddalarini o‘zining Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi yaqin jinoiy sheriklaridan olgani aytilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan aybdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-kismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter