DXAning Namangan viloyati boshqarmasi aholiga 900 mingga yaqin xizmat ko‘rsatdi
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bugun 2 yoshga to‘ldi.
Dastlab, aholiga 30ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, xozirga kelib, mazkur xizmatlar 100 tadan oshdi. Har birimiz hayotimiz davomida turli masalalar bo‘yicha davlat tashkilotlariga murojaat qilamiz. Bunday paytda ochig‘i navbat kutishlar, sansalorlik, quyingki, kishi ruhiyatini salbiy tomonga o‘zgartiruvchi omillar uzoq vaqtgacha kayfiyatga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun litsenziya berish, maktab yoshigacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni bog‘chaga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanmalar berish, xorijlik sarmoyadorlar ishtirokidagi MChJlarni ro‘yhatdan o‘tkazish qo‘yingchi, fuqarolarni uzog‘ini yaqin qilishdek savobli ishni boshlaganiga ham mana ikki yil to‘ldi. Shu qisqa vaqt mobaynida Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi tuman va shahar davlat xizmatlari markazlarida 2 million 700 mingga yaqin aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Raqamlarga e’tiboringizni qaratsak;
Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari orqali 2018-yilda fuqarolarga 401 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, xizmat turlarining ortishi xisobiga mazkur raqamlar joriy yilning 1-dekabr xolatiga olib taqqoslaganda qariyb ikki barobarga oshgan.
Bugungi kunda shiddat bilan o‘zgarayotgan zamonda turli hil munosabatlarning rivojlanayotgani, yangidan-yangi tovar-almashinuvi va elektron texnologiyalarning hayotimizga jadal kirib kelayotganligi barchamizga ma’lum.
Tinglash, tushinib yetish va yordam berish, davlat xzimatlari xodimlari ana shu tamoyilga doimo amal qilgan xolda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Muhimi xar bir qulaylik, eng avallo xalqimiz, fuqarolar uchun yaratilayapti.
Dilmurod Ismailov,
DXA Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘i
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter