Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXA nostirifikatsiya masalalari bilan ham shug‘ullanadi

DXA nostirifikatsiya masalalari bilan ham shug‘ullanadi

Ma’lumki, shu yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  «Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi. Unga muvofiq,  2019-yil 1-martdan boshlab xorijiy davlatlarda berilgan ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) tartibi joriy etilgan edi.

Shu yilning 24-iyul  kuni esa Vazirlar Mahkamasining qarori  bilan «Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida NIZOM» tasdiqlandi. Ushbu hujjatga asosan, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish to‘g‘risidagi arizalar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan.

Bo‘ka tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Nurjamol To‘raqulova M.Auyezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetida ta’lim olgan. Biroq, shu kunga qadar mazkur diplomidan foydalana olmay kelgan edi. Bo‘ka tuman Davlat xizmatlari markaziga kerakli xujjatlarni taqdim qilganidan so‘ng, N.To‘raqulovaning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjati tan olinib, nostirifikatsiya qilindi. Diplom tantanali ravishda topshirildi.

Davlat xizmatlari agenligi
Toshkent viloyati boshqarmasi
matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring