Dunyoni 2023 yilda rekord darajadagi harorat kutmoqda: El-Nino hodisasiga oz qoldi
Iqlim o‘zgarishi va El-Nino ob-havo fenomenining qaytishi tufayli dunyo 2023 yilda o‘rtacha harorat bo‘yicha yangi rekordni yangilashi mumkin, deydi iqlimshunoslar.
Iqlim modellari shuni ko‘rsatadiki, odatda global haroratni biroz pasaytiradigan Tinch okeanidagi uch yillik La-Ninya ob-havosidan so‘ng, bu yil oxirida dunyo El-Ninoga qaytadi.
El-Nino paytida ekvator bo‘ylab g‘arbiy shamollar sekinlashadi va iliq suv sharqqa suriladi, bu esa okean yuzasi haroratini oshiradi.
«El-Nino odatda global miqyosda rekord haroratlar bilan bog‘liq. Bu 2023 yoki 2024 yilda sodir bo‘ladimi, hozircha noma’lum, ammo, u yuz berishi aniq», — deydi Copernicus Climate YeS direktori Karlo Buontempo.
Iqlim modellari shimoliy yarim shar yoz oxirida El-Nino sharoitiga qaytishni va yil oxirigacha kuchli El-Nino ehtimolini yuzaga keltirmoqda, dedi Buontempo.
Hozirgacha dunyodagi eng issiq yil 2016 yil bo‘ldi, bu kuchli El-Nino hodisasiga to‘g‘ri keldi, garchi iqlim o‘zgarishi hatto El-Nino bo‘lmagan yillarda ham haddan tashqari yuqori haroratga olib keldi.
O‘tgan sakkiz yil rekord darajadagi eng issiq sakkiz yil bo‘ldi, bu issiqxona gazlari chiqindilari tufayli uzoq muddatli isish tendensiyasini aks ettiradi.
London Imperial kolleji Grantem instituti katta o‘qituvchisi Friderike Ottoning aytishicha, El-Nino sabab bo‘lgan harorat mamlakatlar allaqachon boshdan kechirayotgan iqlim o‘zgarishlari, jumladan, jazirama to‘lqinlari, qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini kuchaytirishi mumkin.
«Agar El-Nino rivojlansa, 2023 yilda 2016 yilgidan ham issiqroq bo‘lishi ehtimoli bor», dedi Otto.
Copernicus Climate YeS olimlari ekstremal iqlim hodisalari baholangan hisobotni e’lon qilishdi.
Yevropa rekord darajadagi eng issiq yozni 2022 yilda o‘tkazgan, iqlim o‘zgarishi natijasida kuchli yog‘ingarchilik tufayli Pokistonda halokatli suv toshqinlari sodir bo‘ldi va fevral oyida Antarktikadagi muzliklar erishi rekord darajaga yetdi.
Hozirda dunyodagi o‘rtacha global harorat sanoatdan oldingi davrdagidan 1,2 darajaga issiqroq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter