Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi maymunlarning yarmidan ko‘prog‘i qirilib ketishi mumkin

Dunyodagi maymunlarning yarmidan ko‘prog‘i qirilib ketishi mumkin

Guardian nashrining xabar berishicha, so‘nggi ilmiy tadqiqotlar dunyodagi maymunlarning yarmidan ko‘prog‘i tez orada qirilib ketishi mumkinligini yozmoqda.

Maymunlarning soni kamayishiga qishloq xo‘jaligi va sanoat maqsadlarida o‘rmonlar hududining qisqarib borishi, noqonuniy ovchilik va hayvonlar savdosi sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur omillar hayvonot dunyosining asrab qolish uchun katta xavf tug‘diradi.

Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining BMT ma’lumotlariga asoslanib chiqargan hisobotida 300 ga yaqin maymun turlari, jumladan, gorillalar, shimpanzelar, gibbonlar va lemurlarning yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida ekanligi qayd etilgan.

Primatlar dunyoning 90 mamlakati bo‘ylab tarqalgan. Ammo ularning maymun turlarining uchdan ikki qismini faqatgina to‘rt mamlakatda: Braziliya, Madagaskar, Indoneziya va Kongoda uchratish mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, Madagaskardagi maymun turlarining 87 foizi yo‘qolib ketishga yuz tutgan bo‘lsa, Osiyoda bu ko‘rsatkich 73 foizni tashkil qilmoqda.

Hisobotda qayd etilishicha, Nigeriya va Kamerunda yiliga 16 turga mansub 150 ming maymun sotib yuboriladi. Borneoda yiliga 3 minggacha orangutanlar o‘ldiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring