Dubayga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘lovchilarning Dubayga (BAA) qatnovlar bo‘yicha yuqori talablarini inobatga olib, 2018-yilning 19-fevralidan 23-martiga qadar «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Toshkent-Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha qatnovlarni kiritadi.
MAK axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Toshkent-Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha qatnovlar dushanba va juma kunlari zamonaviy Boeing-757 havo kemalarida quyidagi jadval bo‘yicha bajariladi:
Dushanba kunlari:
NY 333 – Toshkent - 08:20, Dubay – 10:55.
NY 334 – Dubay – 12:55, Toshkent – 17:10.
Juma:
NY 333 – Toshkent – 08:20, Dubay – 10:55.
NY 334 – Dubay – 13:00, Toshkent – 17:15.
Hozirgi paytda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Toshkent-Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni haftasiga 3 marta bajarmoqda: chorshanba, payshanba va yakshanba kunlari.
Eslatib o‘tish kerak, barcha punktlardagi uchish va qo‘nish mahalliy vaqtlarda ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter