Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubay shahzodasiga O‘zbekistonda ov qilishga nega ruxsat beriladi?

Dubay shahzodasiga O‘zbekistonda ov qilishga nega ruxsat beriladi?

Dubay valiahd shahzodasi Hamdan ibn Muhammad Al Maqtum yana O‘zbekistondagi lochin oviga tashrif buyurdi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xorijliklarning O‘zbekistonga ovga kelib ketishi yuzasidan ma’lumot berdi.

«BAA shayx va shahzodalari har yili respublikamizga sport va havaskorlik ov qilish maqsadida o‘zlari bilan shaxsiy ovga o‘rgatilgan lochinlarini olib kelib qaytarib olib ketishadi», deyiladi xabarda.

Shuningdek, qayd etilishicha, «Falcon Hunting Solutions» MChJ ko‘magi bilan Birlashgan Arab Amirliklarining pitomniklarida sun’iy yetishtirilgan Qizil kitobga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yo‘rg‘a tuvaloq qushlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga introduksiya qilinib yovvoyi tabiatga ularning sonini ko‘paytirish maqsadida qo‘yib yuboriladi.

Misol uchun, o‘tgan 2019 yil mart oyida ham 2382 bosh yo‘rg‘a tuvaloq Qizilqum cho‘li yalangliklariga qo‘yib yuborilgan edi. Joriy yil 3540 boshdan ziyod yo‘rg‘a tuvaloqlar qo‘yib yuborilgan.

Bundan tashqari, Buxoro viloyatida joylashgan qushlarni muhofaza qilish va ko‘paytirish Amirliklar markazi («Emirates Bird Breeding Center for Conservation») va Navoiy viloyatida joylashagan yo‘rg‘a tuvaloq qushlarini saqlash bo‘yicha Amirliklar markazi («Emirates Center for Conservation of Houbara») tomonidan yetishtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yo‘rg‘a tuvaloq qushlarining 2019 yilda 4132 donasi hamda 2020 yil 13 avgustga qadar 4069 donasi tabiatga qo‘yib yuborilgan.

Shu bilan birga, BAA dan 2020 yil 10 avgustda olib kelingan Qizil kitobga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi 64 ta lochin, 12 ta itolg‘ilar tabiatga qo‘yib yuborilgan.

Ta’kidlanishicha, har yil O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasini inobatga olgan holda hamda Vazirlar Mahkamasining kelishuvi asosida Davlat ekologiya qo‘mitasi tabiatdan yovvoyi hayvonlarni ajratib olish uchun kvota tasdiqlaydi. 2020 yilda yo‘rg‘a tuvaloqlarni ilmiy maqsadda tabiatdan ajratib olish uchun jami 357 dona kvota ajratildi. Bu son tabiatga BAA tomonidan qo‘yib yuborilayotgan sonning 10 foizini ham tashkil etmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring