Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Doimiy propiska bo‘yicha qaror va nizom loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Doimiy propiska bo‘yicha qaror va nizom loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini yanada soddalashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy propiska qilish bilan bog‘liq harakatlar:

  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatida – 2020-yil 1-iyuldan;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 2021-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshiriladi.

2020-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda — ariza beruvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shaxsiy kabinet orqali doimiy propiska bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish mexanizmini joriy qilinishi belgilanmoqda.

Ichki ishlar vazirligi ushbu qarorning qo‘llanilishi yuzasidan monitoring olib boradi va tahlil qiladi  hamda zaruriyat bo‘lganda, doimiy propiska bilan bog‘liq idoralararo ma’lumot almashinuvi tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.

2021-yilning 1-yanvariga qadar:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining «Avtomatlashtirilgan axborot tizimi va ma’lumotlar bazasi» tizimini  joriy etish uchun tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlarini himoyalangan yagona tarmoqqa ulanish;
  • Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Mudofaa vazirligining «Avtomatlashtirilgan axborot tizimi va ma’lumotlar bazasi» avtomatlashtirilgan tizimni «Manzil» hamda «Xorijga chiqish pasporti» tizimlari bilan integratsiya qilishni ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimini Oliy sud axborot tizimi bilan integratsiya qilish choralari ko‘riladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring