Dmitriy Medvedev Toshkentga keldi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi, deya yozmoqda O‘zA.
Yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov kutib olgan.
Toshkentda 1-2-noyabr kunlari o‘tadigan nufuzli anjumanda ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston va Qirg‘iz respublikasi bosh vazirlarini qabul qilgan xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter