Prezident eng katta orzularidan birini ma’lum qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga qilgan tashrifi davomida Karmana tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyati bilan tanishdi. Ushbu stansiyasi yurtimizdagi ilk qayta tiklanuvchi energiya manbasi bo‘lib, 300 mingta quyosh panellariga ega va 100 megaVatt energiya ishlab chiqaradi.
Davlat rahbari tashrif davomida jurnalistlar bilan muloqotda bo‘ldi va energetika sohasi kelajagi haqida fikr bildirdi.
- Yurtimizda shunday imkoniyat borki, bir yilning 320 kunida quyosh yaraqlab turadi. Biz bu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanishimiz va ekologik jihatdan toza energiya ishlab chiqishimiz lozim. Men energetika kelajagini aynan shunda ko‘raman. Bilasizmi, mening eng katta orzularimdan biri shundaki - vaqti kelib odamlarimiz o‘z uyida mana shunday quyosh panellari o‘rnatadi va o‘z iste’moli uchun elektr energiyasini o‘zi ishlab chiqaradi, - dedi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Karmanadagi quyosh fotoelektr stansiyasida yiliga 252 million kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, natijada 80 million kub metr tabiiy gaz tejalishi va atmosferaga 160 ming tonna bug‘lanuvchi gazlar chiqishining oldi olinishi ma’lum qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter