Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

Maxsudov Davronbek Rustamovich Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Maxsudov Davronbek Rustamovich 2004-2012yillar - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimi, 2012-2018-yillar - Toshkent islom universiteti ilmiy kotibi, magistratura bo‘limi boshlig‘i, Islomshunoslik kafedrasi mudiri, 2018-2020 yillar - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO kafedrasi mudiri hamda hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Kamilov Muzaffar Murotovich Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring